2025 yil dekabrida Toşkent viloyati Bekobod tumanida içki işlar organi xodimi öz maşinasida urib yuborib, söng turmuş örtoği yordamida suvga oqizib yuborgan jasad 80 kun deganda topildi. Bu ma’lumotni Kun.uz'ga Toşkent viloyati prokuraturasidagi manba tasdiqladi.
Dekabr oyida holat haqida ma’lum bölgaç, jasadni topişga qaratilgan keng kölamli qidiruv harakatlari boşlangan, bu işga içki işlar, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar xizmatlarining tuzilmalari, şuningdek oddiy fuqarolardan iborat yuzlab köngillilar jalb qilingan edi.
80 kun davom etgan qidiruvlardan söng murda 28 fevral kuni Döstlik kanalidan topilgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning 11 dekabr kuni Böka—Bekobod avtomobil yölida Nexia-3 da harakatlanib ketayotgan IIB xodimi 43 yoşli fuqaroni urib yuborgan, voqeani yaşiriş uçun turmuş örtoğining yordamida jasadni taxminan, 35-40 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga oqizib yuborgandi.
Gumondor uşlanib, qamoqqa olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati xavfsizligi qoidalarini buziş) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.











