Toşkentda BMW haydagan maktab öquvçisi yöl-patrul xodimini urib ketgani uning ölimiga sabab bölgani ortidan Özbekiston böylab keng kölamli reydlar ötkazildi. 3 mart kuni poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği general-mayor Rustam Jörayev raisligida ötgan yiğilişda şu masala muhokama qilindi.

Departament xabariga köra, 26 fevral kuni boşlangan operativ-profilaktik reyd tadbirlarida 3 martga qadar quyidagi işlar amalga oşirilgan:

  • Ijtimoiy tarmoqlar örganilib, yöl bezoriligi aks etgan jami 107 ta videolavha aniqlandi. Bu videolar asosida 66 nafar haydovçiga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirildi, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylaştirildi.
  • Köçalardagi reydlar davomida 5 919 ta qöpol qoidabuzarlik aniqlanib, barça transport vositalari jarima maydoniga joylaştirildi. Asosiy qoidabuzarlik turlari quyidagilar: poyga – 4 ta, böysunmaslik – 70 ta, tonirovka – 116 ta, noqonuniy sirena va mayoqçalar – 61 ta, davlat raqamisiz boşqariş – 34 ta.
  • Huquqbuzarlar orasida 54 nafar voyaga yetmagan şaxs aniqlandi.
  • Ustaxonalarda ötkazilayotgan örganişlar vaqtida tyuning xizmatini körsatuvçi taşkilotlarning 68 nafar rahbari va ularning 79 nafar xodimi sörovdan ötkazilib, 100 nafar avtoservis rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar ötkazildi.
  • YPX va PPX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik va psixotrop moddalarni noqonuniy saqlaş bilan boğliq 23 ta holat va ötkir jismlarni olib yuriş bilan boğliq 262 ta holat aniqlandi.

Ta’kidlanişiça, ijtimoiy tarmoqlarda poyga va yöl bezoriligini tarğib qiluvçi akkauntlarni faoliyatiga çek qöyiş çoralari körilmoqda.

“Yiğilişda ijtimoiy tarmoqlar, messendjyerlar va YouTube videoxostingida yöl harakati qoidalarini buzişni tarğib qiluvçi videomateriallar – xavfli haydovçilik, noqonuniy köça poygalari, drift va “şaşka” kabi harakatlar tarqatilayotgani ta’kidlandi. Bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida, internet tarmoği doimiy ravişda monitoring qilinişi va bunday videolarni joylaştirayotgan şaxslar aniqlaş, ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişi hamda qöpol qoidabuzarliklarni piar qilib namoyiş etgan akkauntlarni bloklaş belgilandi.