“Dunyo” AA xabar qilişiça, Toşkent şahrida tuğilgan 11 yoşli M.A. Qatarda safari davomida sodir bölgan yöl-transport hodisasi natijasida vafot etgan. Ma’lumotlarga köra, avtotransport vositasi boşqaruvi yöqotilişi oqibatida yuzaga kelgan hodisada u boş qismidan olgan tan jarohatlari sabab hodisa joyida hayotdan köz yumgan.
Qayd etilişiça, mazkur voqea haqida ma’lumot kelib tuşişi bilan Özbekistonning Qatardagi diplomatik vakolatxonasi Qatarning tegişli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor tarzda zarur taşkiliy va huquqiy masalalarni hal etiş çoralarini körgan.
Şuningdek, marhumning oila a’zolariga har tomonlama amaliy yordam körsatilib, dafn marosimini taşkil etiş masalalari ular bilan yaqin hamkorlikda amalga oşirilgan.
Mintaqadagi mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan boğliq çeklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barça milliy va diniy an’analarga muvofiq Qatar hududida dafn etilgan.












