Texnologiya | 19:21 / 03.11.2016
10220
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar eng tez politsiya avtomobillarini tanladi

AQShning Michigan shtati politsiya boshqarmasi General Motors, Ford va Fiat Chrysler Automobiles (FCA) konsernlarining xizmat mashinalariga baho berish maqsadida sinovlar o‘tkazgan. Uning natijalari haqida USA Today nashri yozmoqda

Avtomobillar uch tasnif: tezlik olish, eng yuqori tezlik va tormoz tizimi bo‘yicha baholangan. 

Birinchi tasnif buyicha Ford Taurus negizida barpo etilgan Police Interceptor eng yuqori natijani ko‘rsatgan. 3,5 litrli, V6 Twin Turbo motori o‘rnatilgan mashina joyidan soatiga 60 mil (96 km) tezlikka 5,7 soniyada erisha olgan. Chevrolet Caprice politsiya mashinasi esa bu tezlikka 6,11 soniyada chiqa olishi qayd etilgan. 

Shuning barobarida, aynan Caprice xizmat mashinasi o‘z turdoshlari orasida eng yuqori tezlikka (soatiga 155 mil-250 km/soat) egaligi bilan ajralib turibdi. Ford Taurus va Dodge Charger “politsiyachi”larining tezligi Chevrolet vakili natijasidan soatiga 5 mil kamroqligi ta'kidlangan. 

Nihoyat, Dodge Charger eng yaxshi tormoz tizimiga egaligi aniqlandi. Sedanning 60mil/soat tezlikdagi tormoz yo‘li 37,5 metrga teng bo‘lgani hisobotda keltirilgan. Ammo, shunga qaramay, Ford mashinalari Amerika politsiyachilarining eng sevimli avtomobili bo‘lib qolmoqda. Huquq-tartibot idoralari buyurtma beradigan transport vositalarining 60 foizi ayni shu model hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Yo‘ltanlamaslar orasida esa eng ko‘p talab qilinadigan mashina bu Ford Explorer hisoblanadi. 

 

Mavzuga oid