Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
Ushlab turilganlarning 67 ming nafari immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan katta yoshli yolg‘iz insonlardir. Qolgan olti ming nafar migrant esa voyaga yetmagan farzandlari bor oilalar.
AQSh immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) tomonidan 73 ming nafar ushlab turilibdi, bu rekord hisoblanadi, deb xabar berdi CBS telekanali.
O‘tgan yil noyabrida telekanal ICE 66 ming nafar migrantni ushlab turgani haqida xabar qilgandi.
"15 yanvar holatiga ko‘ra, ICE butun mamlakat bo‘yicha deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan 73 ming nafar migrantni ushlab turibdi, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi", - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, idoraning 23 yillik faoliyati davomida tutib turilgan migrantlar soni ilk bor 70 ming nafardan oshgan.
Xabarga ko‘ra, ushlab turilganlarning 67 ming nafari immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan katta yoshli yolg‘iz insonlardir. Qolgan olti ming nafar migrant esa voyaga yetmagan farzandlari bor oilalar. Telekanalning bildirishicha, ushlanganlarning 34 mingga yaqini jinoyatda ayblangan yoki ilgari sudlangan.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 2,5 million nafardan ortiq migrant mamlakatdan deportatsiya qilingan.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026