O‘zbekiston | 16:27 / 24.10.2025
3570
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

24 oktyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ishtirokida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Hujjat 1996 yilgi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga asoslangan O‘zbekiston – Yevropa hamkorligining huquqiy bazasini yangilaydi hamda sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar 2019 yil fevral oyida boshlanib, 2022 yil iyul oyida yakunlangan. Hujjat 2022 yil 6 iyul kuni Bryussel shahrida parafirlangan edi.

Bitim 9 ta bo‘lim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat. U ikki tomonlama munosabatlarning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi hamda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiyalar, barqaror rivojlanish, fan va ta’lim, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratgan holda barcha o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun keng qamrovli huquqiy asosni shakllantiradi.

«Bitimning imzolanishi O‘zbekiston va YeI munosabatlarida yangi bosqichni boshlab beradi hamda ko‘p qirrali sheriklikni misli ko‘rilmagan yuksak darajaga olib chiqadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid