Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada Osiyolik mehnat migrantlari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasida O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni egalladi
15-16 sentabr kunlari Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida Osiyolik mehnat migrantlari o‘rtasida Asian Migratnts Football Champions Cup Korea 2016 musobaqasi o‘tkazildi.
Koreya Migratsiya vazirligi, Keb Hana Bank, PillIm INVESTMENT va TogeTher INVESTMENT tashkilotlari homiyligida o‘tkazilgan turnirda 8 davlatdan 24 ta jamoa ishtirok etdi. Hitoy, O‘zbekiston, Nepal, Kambodja, Vetnam, Tailand, Indoneziya va qit'amizning boshqa davlatlari qatnashgan tadbir qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan.

O‘zbekiston jamoasi tarkibi ayni paytda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini olib borayotgan va millionlar o‘yini bilan shug‘ullanib boruvchi yigitlardan tashkil topgan bo‘lib, ular guruh bahslarida Kombodjaning ikkita jamoasini 4:0, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalda vetnamliklar ustidan 5:3, yarim finalda Indoneziya jamoasini bitta to‘p farqi bilan yengdilar. Asosiy final uchrashuvida esa hamyurtlarimiz Tailand jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib turnir g‘olibiga aylandilar.
- Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan har dam olish kunlarida to‘planib, futbol bilan shug‘ullanib turamiz- deydi jamoa o‘yinchisi Shoyatbek Hakimov. - Musobaqa davomida barcha raqiblarimizni dog‘da qoldirganimizdan juda xursand bo‘ldik.
- Biz boshqa yurt vakillariga yurtimizda millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqish va e'tibor qay darajada ekanligini isbotlab, musobaqa yakunida Vatanimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tardik -deydi yana bir jamoa a'zosi Elmurod Mamajonov.

O‘tkazilgan musobaqaning sovrin jamg‘armasi belgilangan bo‘lib, unga binoan Kubokdan tashqari 1- o‘rinni egallagan jamoa 2.000.000 von, 2 va 3 o‘rin sohiblari mos ravishda 1.000.000, 500.000 von miqdoridagi pul mukofotlariga ega bo‘ldilar.

Elmurod Mamajonov, Janubiy Koreya, Kvanju shahri,
Elmurod Ermatov.
Mavzuga oid
09:08 / 26.12.2025
Ukraina futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbari qidiruvga berildi
20:26 / 21.12.2025
Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Millatlar Ligasi musobaqasini joriy etadi
15:10 / 17.12.2025
Toshkentda O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligi muhokama qilindi
13:07 / 17.12.2025