Özbekiston prezidenti 24 mart kuni sport sohasiga xususiy sektor mablağlarini jalb etiş yuzasidan qaror imzoladi.
2026 yil 1 apreldan boşlab, sport federatsiyasiga yillik xarajatlarining kamida 20 foizini homiy sifatida tölab bergan tadbirkor federatsiya raisligiga saylanişi mumkin böladi.
Şu sanadan e’tiboran, futbol klubining yillik xarajatlarining kamida 20 foizini homiy sifatida tölab bergan tadbirkor klubni işonçli boşqaruvga olişi mumkin böladi.
Bunda, ayrim klublar (qaysilari ekanini ÖFA belgilaydi) tanlov asosida işonçli boşqaruvga beriladi: tanlovda eng köp homiylik mablağini taklif qilgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi ğolib deb topiladi.
Klubga ötgan yillarda homiylik qilib kelgan tadbirkorlarga tanlovda ustuvorlik beriladi. Işonçli boşqaruvga berilgan klublarda Kuzatuv kengaşi va taftiş komissiyasi taşkil etiladi, tadbirkor Kuzatuv kengaşiga raislik qilişi mumkin.
Klubni işonçli boşqaruvga olgan tadbirkorlar uni xususiylaştirib olmoqçi bölsa, 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yillik muddatga 14 foiz stavkada kredit olişi mumkin. Bunda u likvidli garov ta’minoti va biznes rejasini taqdim etişi kerak. Klubning öz balansidagi aktivlar garovga ötmaydi.
Olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça sport federatsiyalari (uyuşmalari) hamda futbol klublariga homiylik qilgan tadbirkorlik sub’yektlari foyda soliğidan imtiyoz oladi. Bunda, xayriya summasi soliq solinadigan foyda miqdoridan çegirib taşlanadi, lekin çegiriladigan summa – soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oşmasligi kerak.
Futbol klublarini boşqaruvga olgan va sport federatsiyasiga homiylik qilgan tadbirkorlar MTRK tizimidagi telekanallardagi sport efirlari vaqtida 50 foiz çegirma bilan reklama joylaştiriş huquqini oladi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 2026 yil yakuniga qadar audit va konsalting taşkilotlarini jalb etgan holda futbol klublarining bozor narxini baholaş va ulardagi davlat uluşini xususiylaştiriş çoralarini köriş topşiriğini oldi.












