Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadonda gaz portlashi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘ldi
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatida bir bola halok bo‘lgan.
To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 23 iyun kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Sohilobod mahallasi «Niyozboyev» ko‘chasidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.
Aniqlanishicha, yong‘in oqibatida 2009 yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yashash uyining anchagina qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlandi.
Dastlabki surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, xonadon egalari suyultirilgan ballonli gazdan foydalanish qoidalariga umuman rioya etmagan. Uy yerto‘lasidan oshxona sifatida foydalanilgan bo‘lib, u yerda mo‘ri yoki havo almashtirgich moslamasi bo‘lmagan.
Mavzuga oid
16:19 / 25.07.2025
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
20:44 / 03.07.2025
Yerosti gaz quvuri sabab xonadon portlab ketdi. Zarar qoplab beriladimi?
12:02 / 11.05.2025