Saratov şahrida köp qavatli turar joy binosida maişiy gaz sizib çiqişi oqibatida portlaş röy berib, tört kişi halok böldi. Rossiya FVV ma’lumotiga köra, qurbonlar orasida bir bola ham bor.

Portlaş 25 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida şaharning Lenin rayonidagi Blinova köçasi, 2-uyda sodir bölgan.

Saratov oblasti gubernatori Roman Busarginning ma’lum qilişiça, portlaş sababi sifatida gaz sizib çiqişi versiyasi körib çiqilmoqda.

Portlaş öçoği töqqizinçi qavatdagi kvartirada bölgani taxmin qilinmoqda, deb yozadi TASS.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berişiça, yettinçi qavatdan öninçi qavatgaça bölgan burçakli kiriş yölagi qulab tuşgan.

Hodisa oqibatlari aks etgan kadrlarda öninçi qavatdan beşinçi qavatgaça qulaş röy bergani aks etgan. Ayrim ma’lumotlarga köra, pod’yez töliq, birinçi qavatga qadar qulab tuşgan. TASS ma’lumotiga köra, 30 dan ortiq xonadonga zarar yetgan bölişi mumkin.

TASS agentligining operativ xizmatlarga tayanib xabar berişiça, bino konstruksiyalari qulaşi xavfi mavjud. Gubernator Busargin ham uyning qolgan qismida ham qulaş xavfi borligini tasdiqlagan.

Rossiya FVV telegram-kanalida aytilişiça, qutqaruvçilar uyda yaşovçilarni evakuatsiya qilmoqda. Ammo vayronalar ostida odamlar qolayotgan bölişi mumkin.

Portlaşdan Blinova köçasidagi ötkinçilar, qöşni bino va hovlida turgan avtomobillar ham jabrlangan.

Voqea joyida 100 dan ortiq qutqaruvçilar, kinologlar va 34 ta texnika işlamoqda, deya aniqlik kiritdi FVV.

Rossiya Tergov qömitasi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni körsatiş böyiça jinoiy iş qözğatdi.

Saratov oblasti prokuraturasi «köp qavatli uyda gaz-havo aralaşmasi portlaşi» fakti böyiça tekşiruv taşkil etganini ma’lum qildi.