Namangan rasmiylari bir neça yil oldin tadbirkor Avazbek Abdufattoyevni “adirlikda boğ yaratyapti” deb, hammaga namuna qilib körsatgan. Lekin bugun, tuman va viloyat hokimiga işonib, boğ uçun milliardlab xarajat qilib qöygan tadbirkor dodini kimga aytişni bilmaydi: yerning katta qismi olib qöyilmoqda.
2021 yilda Namangan viloyati Töraqörğon tumanida tadbirkor Avazbek Abdufattoyev öşa paytdagi tuman hokimi Zulayho Mahkamovaning va’dasiga işonib, katta mablağ sarflab, 34 gektar maydondagi adirlikni tekislab boğ yaratadi. Bu yerda “Yaşil makon” loyihasi doirasida tadbir ötkazilib, unda viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov iştirok etadi.
Qarz-havola qilib, xayrli işga bor budini tikkan tadbirkorning bugun dodini eşitadigan odamning özi yöq. Gap şundaki, özlaştirilgan adirlikning 13 gektari hokimlik tomonidan olib qöyilyapti.
“Oliy ma’lumotliman. Aka-ukalarim bilan çet elga çiqib, mablağ jamğardik. Tadbirkorlik qiliş istagi bölgan bizda. Orada boğdorçilikka qiziqib, tuman hokimidan yer sörab murojaat qildim. Bu orada tuman hokimimiz Zulayho Mahkamova tarafidan mana şu adirlikni özlaştirib, boğ qiliş taklifi berildi menga.

Viloyat hokimining özi kelib, çiroyli boğ yaratib, eksportga mevalar çiqarişni taklif qilişganida rozi bölganman. Özimdagi bor mablağni sarfladim. Hatto hozir ota-onam ötirgan uyni garovga qöyib, 420 mln söm kredit oldim. Özim ötirgan hovlimni ham sotib, boğga sarfladim. Ijarada ötiribman hozir. Qişloğimizdagi barça qarindoş-uruğimizning nomiga kredit olib, boğga sarfladim.




Adirlikni tekislaş uçun ança mablağ ketdi. 11 ta maşinani sotib yuborganman. Maxsus texnikalar işlatdim. Tuman hokimi Zulayho Mahkamova, viloyat hokimimiz, keyingi tuman hokimi Ahrorbek Mansurov respublikadan Namanganga har qanday mehmon kelsa, özlaştirgan yerimni körsatib maqtanişdi. Gazeta, televideniyedan kelgan jurnalistlarni gapirmasa ham böladi. Özlaştirgan yerim köpçilikka örnak qilib körsatildi. 2021 yilning 11 noyabrida viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov taşkilot rahbarlari bilan taşrif buyurib, özlari oçiliş marosimlarini qilib bergan.

























