Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ming dollar evaziga “ekspertiza” va’dasi: inspektor qo‘lga olindi
Xivada fuqaro foydasiga ekspertiza uyushtirishni va’da qilgan inspektor qo‘lga olindi. Prokuratura firibgarlik va pora berish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyatida profilaktika inspektori jabrlanuvchiga tanishlari orqali ish tergoviga ta’sir ko‘rsatishni ming dollar evaziga taklif qilgan. IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, figurant Xiva shahrida maxsus operatsiya paytida qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro profilaktika inspektoriga biznesdagi sherigi bilan mojarosi haqida shikoyat qilgan. Unga ko‘ra, sherigi qo‘shma kompaniya hujjatlaridagi imzolarni soxtalashtirib, daromadlarni o‘zlashtirib kelgan. Ko‘rsatilgan summa evaziga inspektor arizachi foydasiga ekspertiza tashkil etishni va’da qilgan.
Xorazm viloyati prokuraturasi xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik va pora berish moddalari bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Inspektor qamoqqa olingan.
IIV korrupsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga guvoh bo‘lgan fuqarolardan 1102 yoki (71) 234-31-74 raqamlariga murojaat qilishni so‘radi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
08:27 / 17.03.2026
Loyihaoldi hujjatlar ekspertizasida bir qator amaliyotlar bekor qilinadi
10:47 / 27.02.2026
Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi odam urib yuborib, hodisa joyidan ketib qoldi
10:44 / 27.02.2026