Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Loyihaoldi hujjatlar ekspertizasida bir qator amaliyotlar bekor qilinadi
Prezident qarori bilan loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatga muvofiq, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat muassasasi “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi.
Qarorga ko‘ra, loyihaoldi hujjatlar ekspertizasida bir qator amaliyotlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Xususan, 2026 yil 1 apreldan loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazilmaydi. Endi bunday hujjatlar Markazning elektron axborot platformasida joylashtiriladigan namunaviy shakl asosida ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2026 yil 15 apreldan qiymati 15 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lgan ayrim loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti ham bekor qilinadi. Bu, avvalo, budjet tizimi budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga taalluqli. Mazkur tartib korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi.
Yana bir muhim o‘zgarishga ko‘ra, 2026 yil 1 sentabrdan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda import qilinadigan tovarlar ro‘yxatini Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Ushbu funksiya “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatiga o‘tkaziladi.
Mazkur o‘zgarishlar loyihalarni tayyorlash va kelishish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirish hamda davlat va korporativ xaridlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:32 / 17.03.2026