Xorazmda mast holda maşina boşqarib, bir ayolning ölimiga sababçi bölgan IIB xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Tundagi YTH

Sud hukmida keltirilişiça, 1984 yilda tuğilgan U.A. Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi katta inspektori vazifasida işlagan. U 2025 yil 27 sentabr kuni soat 22:14 larda Tracker maşinasini mast holatda Şovot tumani hududida boşqarib borayotib, yöl çetida ketayotgan piyoda – 29 yoşli E.R.ni urib yuborgan.

U.A. odam urib yuborganini bilib, hodisa joyidan nariroqda töxtagan. Ammo jabrlanuvçiga yordam körsatmasdan, ketib qolgan. YTH oqibatida oğir tan jarohati olgan ayol şifoxonada vafot etgan.

“Kursdoşim bilan içgandim”

U.A. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan. U hodisa joyidan ketib qolmaganini, öşa yerda töxtagan Gentra maşinasidagi yigitlarga ayolni şifoxonaga olib borişni tayinlab, özi uyidan pul oliş uçun ketganini aytgan.

“Kursdoşim bilan çoyxonada ötirib, spirtli içimlik iste’mol qildik. Urganç şahri tomonga harakatlanib borayotganimda yölning yoritiş çiroqlari tugagan joyida maşinaning öng yon tomonidan qarsillagan tovuş çiqdi. Yöl çetiga ötib töxtadim. Odam urib yuborganimni bildim. Ortimdan Gentra maşinasida kelayotgan yigitlar odam urib yuborganimni bilib, yugurib kelişdi. Ular bilan özim urib yuborgan odam yoniga bordim. Ayol ariq içida yotgan ekan. Turmuş örtoği yonida turgandi.

Ayolni ariqdan çiqarişda yordamlaşdim. Şu yerda özimning ham mazam bölmadi. Spirtli içimlik içgan bölsam ham huşyor holatda edim, bölgan barça voqeani anglab turgandim.

Gentra maşinasidagi yigitlarga IIB xodimi ekanimni, ayolni kasalxonaga olib borişlarini, özim esa ularning ortidan pul olib borişimni aytdim. Söngra pul olib keliş uçun Urganç şahriga, uyga ketdim. Ayolni oğir ahvolda taşlab ketmadim. Aksinça, uyimdan pul olib kelib, uning hayotini saqlab qolişga harakat qilmoqçi böldim”, degan U.A. öz körsatmasida.

Şuningdek, özining aytişi böyiça “uyidan pul olib keliş uçun şoşib ketayotgan” U.A. yölda ikkinçi bor YTH sodir etgan: svetoforning qizil çiroğida töxtagan Cobalt ortidan borib urilgan.

“Mehmonni kuzatgani çiqqandik”