Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin nizoni “muzlatish”ga tayyorligini bildirdi – OAV
Muzokaralar jarayoni bilan tanish manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Putin Xerson va Zaporijjya oblastlaridagi front chizig‘ini muzlatishga va yangi hujumlardan voz kechishga va’da bergan.
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskadagi muzokaralarda AQSh yetakchisi Donald Trampga Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan olib chiqib ketilishi evaziga nizoni “muzlatish”ga tayyorligini aytgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Financial Times (FT) xabar berdi.
Muzokaralar jarayoni bilan tanish manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Putin Xerson va Zaporijjya oblastlaridagi front chizig‘ini muzlatishga va yangi hujumlardan voz kechishga va’da bergan.
Tramp bu xabarni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilariga yetkazgan, deb yozadi FT.
Zelenskiy pozitsiyasi bilan tanish manbalarning bildirishicha, u Donetsk oblastining qolgan qismini Rossiyaga berishga rozi bo‘lmaydi.
Bloomberg manbalarining so‘zlariga ko‘ra, telefon orqali muloqoti davomida Tramp Zelenskiyga hududlar borasidagi qarorni Ukraina qabul qilishini aytgan. U shuningdek, Vladimir Putinning pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidlagan – u Ukraina qo‘shinlari butun Donbass hududidan olib chiqib ketilishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid
09:37
Zelenskiy: Ukraina AQSh uchun endi ustuvor emas
19:03 / 05.04.2026
Azov dengizida g‘alla ortilgan yuk kemasi halokatga uchradi
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
09:50 / 04.04.2026