Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azov dengizida g‘alla ortilgan yuk kemasi halokatga uchradi
Uch kishi halok bo‘lgan. TASS ma’lumotiga ko‘ra, kemaga dron hujum qilgan.
Azov dengizining Xerson oblasti sohillari yaqinidagi qismida g‘alla ortilgan kema cho‘kib ketdi. Bu haqda regionning Rossiya tomonidan bosib olingan qismi rahbari Vladimir Saldo ma’lum qildi.
Sohilda ekipajning to‘qqiz nafar a’zosi topilgan, ularning barchasi Rossiya fuqarolaridir. Saldo ikki kishi, jumladan, kema kapitanining katta yordamchisi halok bo‘lganini xabar qilgan.
Xabarda kema halokati sababi keltirilmagan.
«Birinchi bo‘lib mahalliy aholi yordamga yetib keldi – ular ekipaj a’zolarini kutib olishdi va qutqaruv xizmatlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatishdi. Hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda», – degan hudud rahbari.

TASS o‘z manbasiga tayanib kemaga dron hujum qilgani va ikki kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Hujum vaqtida kema anneksiya qilingan Qrimning Kerch portidan 300 milya masofada edi. Ekipaj jami 11 kishidan iborat bo‘lgan, to‘qqiz kishi evakuatsiya qayig‘iga tushishgan va Xerson oblasti sohiliga qadar yetib olishgan. Ammo ulardan biri yo‘lda vafot etgan va jami qurbonlar soni uch nafarga yetgan.
Mavzuga oid
11:00
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
10:30
Kiyev Rossiyaga qarshi dron hujumlarini kuchaytirishini ma’lum qildi
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:40 / 24.06.2026