Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
Ko‘ngillilar va qutqaruvchilar bir haftadan buyon Qora dengiz sohillaridagi plyajlarni mazutdan tozalashga - va bu hududlarda yashovchi jonivorlar va qushlarni qutqarishga urinmoqda. Bu holat neft mahsulotlari ortilgan ikki tanker halokatga uchrashi oqibatida yuzaga kelgan.
Krasnodar o‘lkasining Anapa shahri, Veselovka posyolkasi hamda Blagoveshchenskaya stanitsasida, shuningdek, anneksiya qilingan Qrimdagi Kerch bo‘g‘ozida favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. 15 dekabr kuni Kerch bo‘g‘ozida, Qora dengizning Krasnodar o‘lkasi sohillaridan 50 km ichkarida «Volgoneft-212» va «Volgoneft-239» tankerlari halokatga uchrab, neft mahsulotlari sizib chiqishi oqibatida suv ifloslangan —rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dengizga uch ming tonnadan ortiq mazut oqib ketgan. Plyajlarni tozalash ishlarida sakkiz ming atrofidagi qutqaruvchi hamda ko‘ngillilar ishtirok etmoqda: ular mazutni belkuraklar bilan sidirib olib, mahalliy jonzotlar, baliqlar va suvda suzuvchi qushlarni qutqarishga urinmoqda. Yilning hozirgi vaqtida mintaqada juda ko‘p qushlar yashaydi — ekologlarning baholariga ko‘ra, ikki mingdan o‘n minggacha noyob qushlar Qora dengiz sohillarida qishlash uchun uchib kelgan. Neft mahsulotlaridan dengizdagi sut emizuvchilar ham jabr chekmoqda. 22 dekabr kuniga kelib ko‘ngillilar 11 ta delfin jasadi va 143 ta o‘lik qushni topishgan. Quyida tankerlar halokatidan keyin Qora dengiz plyajlarida nimalar bo‘layotgani va mahalliy aholi yovvoyi jonivorlarni qutqarish uchun qanday harakat qilayotgani aks etgan fotosuratlar.
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
Alexey Maishev / Sputnik Anapa Krasnodar region Russia
Aleksey Mayshev / RIA Novosti / Sputnik / Scanpix / LETA
Aleksey Mayshev / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Aleksey Mayshev / RIA Novosti / Sputnik / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
12:35 / 31.12.2025
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
15:22 / 24.12.2025
Qrim: mobil internet urush tugaguncha bloklanadi
18:21 / 05.10.2025
Rossiyada benzin taqchilligi kuzatilmoqda – fotosuratlar
08:48 / 23.09.2025