Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining (GUR) "Primary" («Arvohlar») maxsus bo‘linmasi Rossiya tomonidan qo‘shib olingan Qrimda Rossiyaning uchta ko‘p maqsadli Mi-8 vertolyoti va 55J6U "Nebo-U" radiolokatsion stansiyasini yo‘q qildi. Bu haqda Telegramʼda Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xabar berdi.
Boshqarma yo‘q qilingan "Mi-8" vertolyotlaridan birining suratini joylashtirdi.
Rossiya tomoni hozircha voqea yuzasidan izoh bermadi.
Shu bilan birga, Ukraina Havo kuchlari Telegramʼda Rossiya Qurolli kuchlari 54 ta hujumkor Shahed, «Gerbera» va boshqa turdagi dronlar bilan nishonlarga hujum qilgani haqida xabar berdi.
Hujumlar Rossiyaning Kursk, Millerovo, Bryansk va Primorsko-Axtarsk shaharlaridan amalga oshirilgan.
Havo hujumi Ukraina mudofaa kuchlarining samolyotlari, zenit-raketa qo‘shinlari, radioelektron kurash bo‘linmalari, uchuvchisiz tizimlar va mobil o‘t ochish guruhlari tomonidan qaytarildi.












