Rossiya tomonidan qöşib olingan Qrim “hokimiyati” xavfsizlik mulohazalariga köra, Ukrainaga qarşi uruş tugagunça mobil internet işini çeklaş davom etişini bildirdi. Moskva tayinlagan Qrim “rahbari” Sergey Aksenov esa aholini bloklaşga “könikiş”ga çaqirdi: “Bu yerda şunçaki bunga könikiş, işlaşning boşqa rejimiga ötiş kerak”, — dedi u.
Şunga öxşaş çoralar 2025 yil noyabrida Ulyanovsk viloyatida ham joriy etilgan. U yerda mahalliy hokimiyat Ukrainadagi uruş tugagunça mobil internet işini sezilarli darajada çeklab qöygan.
Doimiy yoki vaqtinça çeklovlar amal qilgan hududlarda RF Raqamli taraqqiyot vazirligi tayyorlagan “oq röyxat” (white list)dagi saytlar işlaşi kerak. Ular qatorida MAX “milliy messenjeri”, “Gosuslugi”, “Yandeks” servislari, “VKontakte”, “Mir” tölov tizimi, hukumatga yaqin “Izvestiya” gazetasi hamda TASS agentligi saytlari bor. “Verstka” naşri yozişiça, “oq röyxat”dagi saytlarga kiriş har doim ham töğri işlayvermaydi. Şu sabab bloklaş paytida köplab rossiyaliklar tovar va xizmatlar haqini tölay olmaydi, taksi çaqirişda qiynaladi, masofadan işlaş va öqiş imkoniyati çeklanadi.
Yaqinda “töğridan töğri muloqot” vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mobil internetni öçiriş “xavfsizlik maqsadida” zarurligini aytgan. Uning sözlariga köra, xorijiy servislar göyo internet orqali Ukrainaga “dron zarbalari uçun nişonlarni tanlaş”da yordam berişi mumkin.
2025 yil bahoridan boşlab Rossiya hokimiyati mobil internetni muntazam ravişda çeklay boşladi. Odatda bunday çeklovlar dronlar hujumlari vaqtiga töğri keladi. Ayrim hollarda bloklaş bir neça kunlab davom etişi mumkin: dekabr oyida Sankt-Peterburg aholisi şunday muammoga duç kelgan — ular bir haftadan ortiq mobil internetdan töliq foydalana olmagan.
Bundan taşqari, Roskomnadzor messenjer WhatsApp işini ham sekinlaştirişda davom etmoqda. Rossiya hokimiyati fikriça, u, xususan, “RFda terrorçilik harakatlari uçun işlatiladi”. RBK agentligi xabar qilişiça, 22 dekabrdan beri idora messenjer işini “70–80 foizga” sekinlaştirgan.












