Aleksey Navalniy tomonidan taşkil etilgan Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi (FBK) seşanba, 30 dekabr kuni YouTube’da yangi suriştiruvini çiqardi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qöşib olingan Qrimda saroyga ega ekani haqida da’vo qilingan.

Gap Balaklava yaqinidagi Ayya burunida joylaşgan binolar majmuasi haqida ketmoqda. “Boşida bu ‘Ayya buruni’ pansionati binosi edi. Keyin bu joy Viktor Yanukoviç (Ukrainaning sobiq prezidenti — tah.)ga yoqib qoldi: u yerdagi hamma narsani buzdirdi, daraxtlarni kesdirdi va özi uçun yozgi daça qurişni boşladi. Putin 2014 yilda Qrimni qöşib olganidan keyin Yanukoviçning mulki tortib olindi va davlat mulkiga ötkazildi”, — deb hikoya qiladi Navalniyning safdoşlari.

FBKning davom etişiça, hozir bu joyda maydoni 9000 kvadrat metrdan ortiq bölgan asosiy uy va maydoni qariyb 5000 kvadrat metr bölgan mehmon qabul qiliş uyi joylaşgan. Jamğarma xabariga köra, içida “saroyona intererlar” mavjud. Rezidensiyada xususiy tibbiy markaz va kriokamera işlaydi. Bundan taşqari, hududda xodimlar uçun binolar, texnik inşootlar, vertolyot qöniş maydoni, öz sohilböyi, pirs va oq qumli sun’iy plyaj ham bor.

Navalniyning safdoşlari ma’lumotlariga köra, Putinning ehtimoliy saroyini quriş taxminan 10 mlrd rublga tuşgan. “Asosiy pudratçi sifatida ‘Kredo’ boşqaruv kompaniyasi qatnaşgan. Bu kompaniya ilgari Putinning rasmiy va norasmiy rezidensiyalarini — Gelenjikda, Valdayda va Krasnaya Polyanada quriş hamda ularga xizmat körsatiş bilan şuğullangan”, — deb qayd etadi FBK. Hujjatlarga köra, obekt firmalar zanjiri orqali rasmiylaştirilgan. Şu bilan birga, işonçnomalarda Gelenjikdagi “Putin saroyi”ga oid hujjatlarda ham uçraydigan öşa advokatlar (yuristlar) körinadi. Interer böyiça texnik topşiriqda esa Federal qöriqlaş xizmati talablari töğridan töğri körsatilgan.

Korrupsiyaga qarşi kuraş jamğarmasi sönggi bir neça yil içida bir qator şov-şuvli suriştiruvlarni e’lon qilgan. Masalan, 2021 yilda Navalniyning safdoşlari Qora dengiz sohilida qiymati 100 mlrd rubl deb baholangan “Putin saroyi”ni topganini aytgan. FBK ma’lumotiga köra, uni quriş va saqlaş xarajatlarini ikki davlat kompaniyasi — “Rosneft” va “Transneft” tölagan.

2023 yilda Navalniy jamoasi Soçidagi nufuzli köçmas mulk haqida yangi suriştiruv çiqargan: ularning da’vosiga köra, bu mulklar Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşevning yaqin qarindoşlariga, yuqori lavozimli general Sergey Surovikinga va jurnalist Vladimir Solovyovga yaqin şaxslarga tegişli.