Sport | 13:57 / 12.12.2025
5893
1 daqiqa o‘qiladi

Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025: Sindorov finalni 4-o‘rin bilan yakunladi

2025 yil 8–11 dekabr kunlari Janubiy Afrikaning Keyptaun hududida o‘tgan Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 final bosqichida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 4-o‘rinni egalladi. Musobaqa g‘olibligini esa Levon Aronyan qo‘lga kiritdi. 

Foto: Lennart Ootes

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSh dollarini tashkil etdi

Javohir Sindorov guruh bosqichini 5,5 ochko bilan 1-o‘rinda yakunlab, pley-offga yo‘l oldi. 

U chorak finalda Parham Magsudluni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Magnus Karlsenga qarshi bahsda 1,5:2,5 hisobida yutqazdi. 

3-o‘rin uchun bahsda Sindarov nemis grossmeysteri Vinsent Keymerga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani 4-o‘rin bilan tugatdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 60 000 AQSh dollari mukofotni qo‘lga kiritgan. 

Finalda Levon Aronyan (AQSh) Magnus Karlsenni 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibi va 200 000 AQSh dollari sohibi bo‘ldi. 

Shu bilan birga, Karlsen final bosqichi davomida yarim finalga chiqqan holda butun 2025 yilgi grand-slem turi (mavsum) chempionligini ham muddatidan avval rasmiylashtirgani qayd etildi. 

Mavzuga oid