Özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov Hindistonning Goa şahrida bölib ötayotgan Jahon kubogi finalida xitoylik Vey I ustidan ğalabaga erişdi.

Uşbu şaxmatçilarning 25 noyabr kungi bahslarida durang qayd etilgandi: 0,5 - 0,5, 0,5 - 0,5.

Natijada ğolib 26 noyabr kuni tay-breykda aniqlandi. Tay-breykning ham birinçi partiyasida kuçlar teng keldi (bu partiyada Sindorov oq donalarda öynagandi), ikkinçi partiyada esa özbekistonlik şaxmatçi qora donalarda öynaganiga qaramay, ğalabaga erişdi. 

Şu tariqa, 19 yoşli Sindorov Jahon kubogida ğolib bölgan eng yoş şaxmatçiga aylandi. Bungaça bu maqom Levon Aroyanga tegişli bölib turgandi (2005 yilda çempionlikka erişgan armanistonlik şaxmatçi 23 yoşda bölgan).

Bundan taşqari, u uşbu turnirda ğolib çiqqan ikkinçi özbekistonlik şaxmatçi böldi. 2004 yilda Rustam Qosimjonov Latviyada ötkazilgan Jahon kubogida ilk özbekistonlik çempion bölgan (öşa vaqtda FIDE jahon kubogi va jahon çempionatini bitta nomda ötkazgan).

Şu kuni davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida Javohirni çempionlik bilan tabrikladi.

Bu qanday turnir?

2025 yilgi Jahon kubogi – Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE ) himoyasi ostida har ikki yilda bir marta ötkaziladigan eng yirik şaxmat nokaut turniridir. Unda 2 million dollarlik mukofot fondi va 2026 yilgi Da’vogarlar turniriga uçta yöllanma öynaladi.

Ğolib 120 ming dollar, ikkinçi örin egasi 85 ming dollar, uçinçi örin 60 ming dollar va törtinçi örin 50 ming dollar oladi. Sovrinlar birinçi bosqiçga qadar taqsimlanadi, minimal tölov 3500 dollarni taşkil qiladi.