Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva «Zakovat» loyihasini o‘z otalig‘iga oldi
“Zakovat” intellektual loyihasi yopilmaydi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma'lum qildi.
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
“Zakovat” yopilmaydi. Aksincha, gullaydi. Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik. Bu yil inshaalloh ushbu media loyiha orqali respublikamizda yangidan yangi bilimdon yoshlarni kashf qilamiz”, - deb yozgan Komil Allamjonov Telegram’dagi kanalida.
Avvalroq, Komil Allamjonov muassisligidagi “Milliy” telekanali "Zakovat" namoyishini to‘xtatgani xabar qilingandi.
Dastur muallifi Abdurasul Abdullayev “Milliy” telekanali muassisi Komiljon Allamjonov bilan bu masala bo‘yicha uchrashganini bildirdi.
“U “Zakovat” efirdan olinganligidan bexabar bo‘lganini, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganini, bilimga chanqoq yoshlar talabi albatta inobatga olinishi zarurligini bildirdi. O‘zi hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan “Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi” homiyligi ostida “Zakovat”ni qayta tiklash, yanada boyitish, sovrin uchun hatto avtomobil qo‘yish taklifini aytdi”, - dedi Abdurasul Abdullayev.
Mavzuga oid
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
18:41 / 05.02.2026
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
09:48 / 04.02.2026