“Zakovat”ning yopilişiga oid gap-sözlar ançadan beri muhokama markazida. Bu borada yakuniy fikrga kelinmagan, rasman axborot berilmagan bölsa-da, bu dastur böyiça parda ortida ham jiddiy bahslar ketayotganini anglaş qiyin emas.

“Zakovat” intellektual teleöyini özining 20 yillik tarixida uçta telekanalda faoliyat yuritib kördi. Dastlab “Yoşlar”da oçilgan teledastur keyinçalik “Özbekiston” telekanaliga, oxiri nodavlat kanallar orasida reytingi yuqorilab borayotgan “Milliy”ga ötdi.

Körsatuvning dastlabki sonini köpçilik yaxşi eslaydi. Öşanda boşlovçi Abdurasul Abdullayev mazkur loyihaning yangilik emasligi, bu şaklda boşqa davlatlarda mavjudligi, endi esa Özbekistonda ham yölga qöyilayotgani töğrisida gapirgandi.

Çindan ham aynan şu şaklda juda köp davlatlarda bölgan bu dastur Özbekistonda ham juda tez ommalaşdi. Unda iştirok etişni, heç bölmasa jönatgan savoli yangraşini istaganlar juda köpayib ketdi. “Zakovat” uzoq vaqt praym-taymlarning eng qulay paytlarida efirga uzatildi.

Körsatuv efirga uzatiliş bilan birga “Zakovat” klubi ham yangidan yangi bilimdonlar hisobiga kengaya bordi. Homiylar paydo böldi, tuzukkina sovrinlar qöyildi, xorijdan nufuzli mehmonlar jalb qilindi. Bir söz bilan aytganda, ilm tarğibotida, tafakkurga undaşda, ayniqsa yoşlarni izlanişga örgatişda bu loyihaning örni katta böldi.

Ammo zamon, vaziyat özgardi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar ommalaşuvi aksariyat yoşlarni bu kabi mantiqiy fikrlaşga undovçi dasturlardan uzoqlaştirdi. Qatorlaştirib taşlangan xorij seriallari efirning “qaymoği”ni egalladi va telekanallarning asosiy daromad manbaiga aylandi.

Bu jarayonda “Zakovat” vaqti surila-surila oxiri dastur efirga çiqişdan butkul töxtadi. Albatta, teleklub öz faoliyatini davom ettirmoqda. Ammo endi tomoşabin intellektual ozuqa va zavqli tomoşadan bebahra qoldi.

“Zakovat”ning bugungi holatga tuşiş sabablari, kelgusi rejalariga oid savollar bilan dastur muallifi Abdurasul Abdullayevga murojaat qildik:

– Abdurasul aka, “Zakovat” “Milliy” telekanalida faqat reyting pasayganligi tufayli efirga uzatilmay qolgani qançalik asosli?

– Bu gaplar qisman töğri. Lekin şu bilan birga, buning obektiv sabablari ham bor. Özi MTRKdan “Milliy” telekanaliga ötişimiz böyiça muzokaralar 3 oyça davom etgan, bizga juda katta va'dalar berilgandi. Men nodavlat telekanalida ijod erkinligi kengroqligi, yaxşiroq takliflar bildirişgani uçun qabul qilgandim. Ammo bizni taklif qilganlar, kelişganlarning deyarli barçasi işdan böşab ketişdi. Bizga ajratilgan texnik imkoniyatlar qisqartirila boşlandi, “Zakovat”ning efirga uzatiliş vaqti juda keçiktirib yuborildi, hatto soat 23:00ga qöyilgan vaqtlar ham böldi. Namoyiş oyiga ikki martaga tuşirildi va qayta efirlar butunlay töxtatildi. Bu endi telekanalga boğliq jihatlari.