Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi LED ekranli reklamalarning yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi
Toshkentda aholi shikoyatlari sababli hokimlik yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalar yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi.
Yaqin 2 oy davomida Toshkent shahridagi barcha yorug‘lik diodli (LED) ekranlardagi tashqi reklama obektlarining yorug‘lik darajasi me’yorga keltiriladi. Bu haqda shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Tashqi reklama loyiha ofisi rahbari Alixon Ahmadjonov ma’lum qildi.
Hokimlikka aholi va shahar mehmonlari tomonidan shahar hududiga o‘rnatilgan LED ekranlardagi reklamalarning yorug‘lik darajasi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shu sababli hozirda ushbu ekranlarni masofadan turib yorug‘lik o‘lchash uskunalari orqali tekshirish boshlangan. Dastlabki o‘rganish natijasida shahardagi ekranlarning 90 foizdan ko‘p qismi me’yordan yuqori yorug‘lik tarqatishi aniqlangan.
Alixon Ahmadjonovning qo‘shimcha qilishicha, yorug‘lik darajasini buzganlik uchun hech qanday jazo mavjud emas. Lekin hozirda «Hududiy elektr tarmoqlari» bilan birgalikda ushbu ekranlar egalari tomonidan me’yorga keltirilmagan taqdirda, ularni majburiy tartibda elektr tarmog‘idan uzish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 04.12.2025
ChatGPT ichida reklama paydo bo‘ldi, hatto premium obunachilar ham uni ko‘ryapti
17:44 / 13.11.2025
Toshkentda tegishli hujjatsiz reklama o‘rnatilgan mashinalarga chora ko‘rildi
11:58 / 09.10.2025
Monitorlarda qimor o‘yinlarini reklama qilgan kafe javobgarlikka tortiladi
20:35 / 27.09.2025