Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tegishli hujjatsiz reklama o‘rnatilgan mashinalarga chora ko‘rildi
So‘nggi reydlarda reklama joylashtirilgan 470 ta avtomobil tekshirilgan. Ulardan 390 tasida reklama pasporti mavjud emasligi aniqlangan.
Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, shahar hokimligi hamda Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.
Qayd qilinishicha, so‘nggi reydlarda reklama joylashtirilgan 470 ta avtomobil tekshirilgan. Ulardan 390 tasida reklama pasporti mavjud emasligi aniqlangan. Ta’kidlanishicha, ularga «Reklama to‘g‘risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 104-son qarori talablariga zid holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
Jumladan, ayrim haydovchilar reklama pasporti talabi haqida ma’lumotga ega emasligini bildirgan. Shu sababli joylarda huquqiy tushuntirish berilib, 389 ta ogohlantirish xati topshirilgan, 1 tasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, reklama joylashtirish faqat my.gov.uz portali orqali pasport olingan taqdirda qonuniy hisoblanishi eslatilgan. Shundan so‘ng, reklama pasporti olish uchun 1200 ta ariza tushgan.
Xabar berilishicha, nazorat tadbirlari doimiy ravishda davom etadi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026