Jamiyat | 23:11 / 29.01.2020
16159
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda «Tig‘» profilaktik tadbirlari doirasida bozorlarda qo‘llanadigan pichoqlar uchi to‘mtoqlashtirildi

Andijon shahri hududida tig‘li predmetlar yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan og‘ir turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon shahri, Yorboshi MFYda joylashgan “Jahon buyum bozori” hududiga xizmatga biriktirilgan xodimlar bozor, savdo majmualarida o‘tkir tig‘li jismlar orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan profilaktik-tushuntiruv ishlarini olib bormoqdalar. O‘tkazilgan tadbirlar davomida bozorlarda ochiq muomalada bo‘lgan va to‘mtoq holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan 350 dan ortiq pichoqning uchi to‘mtoq holatga keltirildi.

Xuddi shu kabi profilaktik tushuntiruv ishlari Andijon shahrining Bobur MFY hududida joylashgan “Eski shahar dehqon bozori” hududida ham o‘tkazilib, o‘tkir tig‘li jismlar to‘mtoq holatga keltirilmoqda. Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan “Tun” tadbirlari davomida bemaqsad yurgan shaxslarning yonidan 18 ta tig‘li predmet olindi. Jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan olib borilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid