Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
2025 yilda UzAuto Motors tomonidan taqdim etilayotgan 10 ta modeldan 6 tasining sotuvlari kamaygan. Xususan, qimmat segmentdagi mashinalar: Malibu, Captiva, Equinox, Traverse, Tahoe’ga talab keskin tushib ketdi. Hisobot davrida Chevrolet brendiga tegishli bo‘lmagan va eng ko‘p sotilgan avtomobil – Kia Sonet. BYD ham umumiy sotuvlardagi ulushini 3,8 foizdan 5,7 foizgacha oshirdi.
Oxirgi yillarda O‘zbekiston avtomobil bozori sekinlik bilan bo‘lsa-da o‘zgarib boryapti. Xususan, «O‘zavtosanoat» taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatdagi rasmiy dilerlar tomonidan 427 ming 97 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 foiz yoki 24 ming 706 donaga ko‘p. Eng katta o‘sish elektromobillar segmentiga tegishli modellar bilan yuz beryapti.

O‘tgan yil davomida UzAuto Motors tomonidan taqdim etilgan 10 ta modeldan to‘rttasining sotuvi oshgan, oltitasiga talab sezilarli darajada qisqargan. Xususan, Cobalt, Damas, Tracker va Labo sotuvida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, qimmat segmentdagi mashinalar: Malibu, Captiva, Equinox, Traverse, Tahoe’ga talab tushib ketgan. Shuningdek, milliy kompaniya tomonidan taqdim etilgan bir qator imtiyozlarga qaramay Onix xarid qilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan qisqargan. Umuman olganda, 2025 yilda UzAuto Motorsʼning bozordagi ulushi 87,9 foizdan 83,2 foizgacha qisqargan.
Chevrolet brendiga tegishli bo‘lmagan va eng ko‘p sotilgan avtomobil – Kia Sonet. Ushbu modelning savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshgan. O‘z navbatida, Kiaʼning qimmat modellariga talab sezilarli darajada pasaygani qayd etilgan.
Shuningdek, quyidagi modellar ham o‘zbekistonliklar orasida ommaviylashib boryapti.

Kia, Cherry va Haval avtomobillarini yetkazib beruvchi ADM Jizzakhʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 7,5 foizdan 10,8 foizga, umumiy sotuvlar hajmi esa 30 ming 329 donadan 46 ming 117 donagacha ko‘paygan. BYD ham bozordagi ulushini 4,3 foizdan 5,6 foizgacha, sotuvlar hajmini 17 ming 132 donadan 23 ming 888 donagacha oshirgan.
Mavzuga oid
08:53
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
22:36 / 02.04.2026
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
14:51 / 31.03.2026
Toshkentdagi barcha avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi
22:32 / 27.03.2026