O‘zbekiston | 17:07 / 26.01.2023
44241
1 daqiqa o‘qiladi

Malibu-2 uchun shartnoma berish boshlanganidan bir necha soat o‘tib to‘xtatildi

UzAuto Motors, bugun, 26 yanvardan Malibu-2 avtomobilini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni boshlagan edi. Lekin sanoqli soatlar o‘tib, kontraktatsiya to‘xtatilgan.

Kun.uz muxbiri bog‘langan kompaniya rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda xaridorlar bilan yangi shartnomalar tuzilmayapti, biroq bu vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin.

Bu – QQSning 15 foizdan 12 foizga pasaytirilgani hisobiga Malibu-2 narxi 10 mln so‘mga arzonlashgani ortidan ro‘y bermoqda.

Avtosalonlardan birining Telegram-kanalidagi tushdan keyingi e’londa Malibu sotuvdan olinganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, UzAuto Motors yiliga 2900 dona Malibu-2 avtomobilini import qiladi va ichki bozordagi iste’molchilarga yetkazib beradi. Shu paytga qadar olib kelinayotgan avtomobillarning tannarxi ochiqlanmagan.

Mavzuga oid