O‘zbekiston | 18:10 / 02.12.2025
6078
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy «Samarqand-2028» sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Yo‘ldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Foto: Shutterstock

Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilayotgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshga «Samarqand-2028» nomi beriladi. Bu 2028 yil Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressini ramziy ma’noda ifodalaydi. Bu haqda «O‘zbekkosmos» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, «O‘zbekkosmos» agentligi va «STAR.VISION» kompaniyasi o‘rtasida shu haqdagi memorandum imzolangan.

Ta’kidlanishicha, memorandumga ko‘ra yerni masofaviy zondlashga mo‘ljallangan mazkur yo‘ldosh uchun sun’iy intellekt modulini «O‘zbekkosmos» agentligi mutaxassislari ishlab chiqadi. Yo‘ldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev xuzurida «Samarqand-2028» sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqish ishlarining borishi ko‘rib chiqilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid