O‘zbekiston | 12:03 / 28.03.2018
5255
2 daqiqa o‘qiladi

JIDU navbatdagi Model United Nations anjumaniga mezbonlik qiladi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 11—13-may kunlari Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti navbatdagi Model United Nations anjumaniga mezbonlik qiladi. Anjuman mamlakatning turli universitetlaridan kelgan ilg‘or talabalarni bir joyga jamlaydi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. 

MUN (Model United Nations) – bu yoshlar anjumani bo‘lib, unda qatnashchilar BMT faoliyatini simulyatsiya qilgan holda o‘zlarining diplomatiya va xalqaro munosabatlar sohasidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Talabalar bir kun davomida o‘zini haqiqiy diplomat sifatida his etib, tashkilotchilar tomonidan taklif etilgan BMT qo‘mitalarining biridagi a'zo-davlat delegati sifatida ishtirok etadi. Delegatlar muzokaralar davomida o‘sha davlat manfaatlarini himoya qiladi.

Anjumanda ayni paytda ta'lim olish bilan band bo‘lgan va ingliz tilida o‘z fikringizni to‘liq ifoda eta oladigan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, nomzodlarning xalqaro munosabatlar va BMT faoliyatiga qiziqishi yuqori bo‘lishi so‘raladi.

Mavzuga oid