Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida birorta ham maktab qurib bitkazilmadi
Yangi o‘quv yilida O‘zbekistondagi maktablarda qariyb 2 millionta o‘quvchi o‘rni yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Joriy yilning birinchi yarmida 9 ta hududda, xususan, Toshkent shahrida bironta yangi maktab ishga tushmagan.
Foto: Kun.uz
2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishga tushirilgan maktablar soni 68 tani tashkil etdi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Hududlar bo‘yicha yangi maktablar soni quyidagicha:
- Andijon viloyati – 35 ta;
- Buxoro viloyati – 19 ta;
- Xorazm viloyati – 7 ta;
- Namangan viloyati – 6 ta;
- Qoraqalpog‘iston – 1 ta.
Iqtisodchi Otabek Bakirov birinchi yarim yillikda poytaxt Toshkentda bironta yangi maktab ishga tushmaganiga e’tibor qaratdi.
“O‘tgan o‘quv yili boshlanishi oldidan O‘zbekistonda 1,7 mln o‘quvchi o‘rni yetishmovchiligi mavjud edi. 2024/2025 o‘quv yilida 455,2 ming nafar o‘quvchi maktablarni bitirdi. Yangi o‘quv yilida 738 ming o‘quvchi 1-sinfga chiqadi. Ya’ni maktab o‘quvchilar soni 282,8 mingga oshadi. Qurilayotgan maktablar haqidagi ma’lumotlar inobatga olinsa, o‘quvchi o‘rni yetishmovchiligi yanada oshadi, ayniqsa Toshkent va yirik shaharlarda. Maktab vazirligi maktablarning quvvati va 2 va 3 smenada ishlaydigan maktablar haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sahifasiga joylamagan. 2 yil avvalgi statistikaga ko‘ra, 75,5 foiz maktablar 2- va 3- smenada o‘qishga majbur edi”, deya yozdi iqtisodchi.
2025 yilning birinchi yarim yilligida qurib bitkazilgan maktablarning qariyb yarmi Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekistonning 9 ta hududida, xususan, Toshkent shahrida bironta yangi maktab ishga tushmagan.
“Oxirgi 1 yilda Toshkent shahri aholisi 70 mingga ko‘paygan. Oxirgi 7 yilda 663,5 mingga. Bunga Toshkent shahriga tutash Qibray, Toshkent, Zangiota, Quyi Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan kelib o‘qiydiganlarniyam qo‘shish kerak. Ta’limdagi rahbarlarda poytaxtda tobora kuchayib borayotgan maktab yetishmovchiligini “xususiy maktablar yechadi” qabilidagi noto‘g‘ri qarash shakllangan”, deya qo‘shimcha qildi Bakirov.
Mavzuga oid
19:04 / 16.04.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilariga pulga 3D formatda qo‘rqinchli film namoyish qilindi
19:00 / 09.04.2026
Al-jabr maktabida “Savodxonlik bayrami” o‘tkazildi
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026