Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev samolyot halokatida jasorat ko‘rsatgan ekipaj a’zolarini taqdirladi
Uchuvchilar va bort kuzatuvchilarga «Milliy qahramon» unvoni va «Jasorat» ordeni berildi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragan Embraer 190 samolyoti ekipaji a’zolarini taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, kema komandiri Igor Kshnyakin, yordamchi uchuvchi Aleksandr Kalyaninov va bort kuzatuvchisi Hokima Aliyevaga «Milliy qahramon» unvoni berildi. Ularning barchasi halokatda qurbon bo‘ldi.
Bundan tashqari, tirik qolgan bort kuzatuvchilari Zulfiqor Asadov va Oydin Rahimli birinchi darajali «Rashadat» (Jasorat) ordeni bilan taqdirlandi.
25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Embraer 190 samolyoti Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilib, Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyot bortidagi 67 kishidan 38 nafari halok bo‘ldi. Ular orasida ekipajning 3 a’zosi ham bor edi.
Mavzuga oid
09:01 / 30.12.2025
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:00 / 24.12.2025
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
08:45 / 24.12.2025