Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmoğidagi postida bort nomeri 9H-DFJ bölgan, mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da Anqaragi Esenböğa aeroportidan Tripoli tomon parvozni boşlagan Falcon 50 biznes-jyet soat 20:52 da qulab tuşganini tasdiqladi.

Uning sözlariga köra, jandarmeriya bölinmasi samolyot parçalarini Haymana tumanidagi Kesikqovoq qişloğidan ikki kilometr masofadan topgan.

Turkiya naşrlari Falcon 50 halokatga uçragan joyda olingan fotoni namoyiş etdi
Anadolu via Getty Images

Vazirning xabar qilişiça, samolyot bortidan Haymana tumani hududiga şoşilinç qönişni amalga oşiriş böyiça sörov kelib tuşgan, şundan keyin bort bilan aloqa uzilgan.

Bortda beş yölovçi, jumladan Liviya armiyasi boş ştabi boşliği Muhammad al-Haddod ham bor edi.

Liviyadagi milliy birlik hukumati rahbari Abdul Hamid Dbeyba Liviya armiyasi boş ştabi boşliğining ölimini tasdiqladi.

«Bu Turkiya poytaxti Anqaradan rasmiy taşrif bilan qaytişdagi fojiali va oğir voqeadan keyin sodir böldi. Bu oğir yöqotiş – millat, harbiy idora va butun xalq uçun ulkan yöqotişdir», – deyiladi Dbeybaning bayonotida.

Şuningdek, u bortda Liviya quruqlik qöşinlari qömondoni, harbiy işlab çiqariş boşqarmasi direktori, boş ştab boşliği maslahatçisi va fotosuratçisi ham bölganini ma’lum qilgan.

Samolyot halokati sababi hali aniqlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda halokat vaqtidagi kadrlar tarqalgan

Tripolidagi milliy birlik hukumati boş vazir mudofaa vaziriga tergov jarayonini nazorat qiliş uçun Anqaraga rasmiy delegatsiya yuborişni buyurganini ma’lum qildi.

Liviya siyosiy masalalar böyiça vaziri Valid Ellafi Libya Alahrar telekanaliga bergan intervyusida bu Maltadan ijaraga olingan samolyot bölgani, ammo «uning egasi yoki texnik tarixi böyiça yetarliça ma’lumot yöqligi»ni bildirgan.

BMT tomonidan tan olingan Liviya milliy birlik hukumati butun mamlakat böylab uç kunlik rasmiy motam e’lon qildi.