O‘zbekiston | 15:50 / 12.12.2018
11096
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya elektr energiya sohasida hamkorlik qiladi

Foto: O‘zbekenergo Matbuot xizmati

“O‘zbekenergo” AJda Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi departamenti boshlig‘i Aleksey Kiryakov hamda “Inter RAOEES” kompaniyasi vakili Sergey Perevedentsev bilan jamiyat rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar qilishicha, unda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini hamkorlikda qurish masalalarini muhokama qilishdi.

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi U.Mustafoyev Rossiya Federatsiyasi bilan O‘zbekiston elektr energetika sohasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash,  ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini ta'kidlab, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga alohida e'tibor qaratdi. Xususan, o‘zaro muloqotlarda "Toshkent IES", "Navoiy IES", "Taxiatosh IES" va "Angren IES" da jami 18 ta energobloklarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda “O‘zbekenergo” AJning "Angren IES" va " Yangi Angren IES"ga ishonchli va innovatsion  boshqaruvga o‘tish uchun o‘zaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirish borasidagi masalalar tahlil etildi.

O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi departamenti boshlig‘i Aleksey Kiryakov qabul uchun minnatdorchilik bildirib, bu borada Rossiya energetika vazirligi “O‘zbekenergo” AJ bilan o‘zaro hamkorlik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.

Mavzuga oid