Jamiyat | 17:27 / 11.08.2024
10911
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyoning umumiy telekanali tashkil etilishi mumkin

Mintaqada yagona telekanal va mintaqaviy media platforma tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Foto: Fotolia / Karelin Dmitriy

Qozog‘iston poytaxti Ostonada mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi.

Unda hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning axborot makonini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Tadbirda Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etdi.

Qayd qilinishicha, yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari sohasida global muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlangan.

Ishtirokchilar, shuningdek, mediasavodxonlikni oshirish va soxta xabarlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilgan.

Yana bir asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish bo‘lgan. Tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish g‘oyalarini ko‘rib chiqqan.

Mavzuga oid