Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Badiiy akademiya huzurida ikkita muassasa tashkil etildi
Prezident 21 aprelda tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir qarorni imzoladi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida quyidagi muassasalar tashkil etildi:
Badiiy ta'lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi;
Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi).
Ularning asosiy vazifalari:

Norma’ning yozishicha, markaz faoliyati 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi. Ustaxona esa oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimida tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, yosh ijodkorlar unga stajyor-tadqiqotchilar uchun belgilangan tartib asosida jalb qilinadi. Rassomlik mahorat ustaxonasi 2022/2023 o‘quv yilidan ochiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga yurtimiz tasviriy san'ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomi berildi. Pavel Benkov (1879 – 1949) – rassom, musavvir, grafik, teatr dekoratori, pedagog. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi. Qozon rassomlik maktabi va Samarqand rassomlik bilim yurtida dars bergan.
2022 yil sentyabriga qadar Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san'at maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish topshirilgan.
2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga budjet mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.07.2025
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi
16:04 / 15.05.2023
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining qariyb 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi
08:04 / 25.06.2021
Badiiy akademiya o‘quv markazining vazifalari belgilandi
19:31 / 12.11.2020