O‘zbekiston | 08:10 / 09.07.2025
2773
2 daqiqa o‘qiladi

Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi

Prezident qarori bilan tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. 

Foto: Kun.uz

2025 yil 1 iyuldan boshlab Badiiy akademiya markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimlari uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilanadi:

  • xodimlarning lavozim maoshiga 200 foiz miqdorida;
  • xodimlarning lavozim maoshiga ko‘p yillik xizmat muddati uchun (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari) koeffitsiyent hisobida:
  • 1 yildan 5 yilgacha – 0,3;
  • 5 yildan 10 yilgacha – 0,6;
  • 10 yildan 15 yilgacha – 0,9;
  • 15 yildan ortiq – 1,2.

 
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida:

  • tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega ijodkor pedagog kadrlar mazkur ta’lim tashkilotining ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlarida inobatga olinadi (asosiy ish joyi boshqa OTMda bo‘lgan xodimlar bundan mustasno);
  • institut pedagoglari tomonidan yaratilgan yuksak badiiy asarlar monografiyaga tenglashtiriladi;
  • "rangtasvir", "amaliy san’at" va "dizayn" bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha "psixologiya" va "pedagogika" fanlaridan tahsil olgan bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida "tasviriy san’at" fanidan dars berishga ruxsat etiladi.

Qaror bilan tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid