Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli avtomobil bozori Chinoz tumaniga ko‘chishi haqida xabarlar rad etildi
Tirbandlikni kamaytirish uchun Sergeli mashina bozorining Chinoz tumaniga ko‘chirilishi bo‘yicha loyiha tayyorlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bozor ma’muriyati bu ma’lumotlarni rad etib, yolg‘on axborot tarqatganlik bo‘yicha qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli avomobil bozorini Yangi Chinoz shaharchasiga yetmasdan, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining o‘ng tomonidagi hududga ko‘chirish bo‘yicha loyiha tayyorlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bundan Toshkent shahri markazidan Sergeli tumaniga kirish va chiqishdagi tirbandliklar muammosini hal etish ko‘zlangani keltirib o‘tiladi.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sergeli bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ) ma’muriyati bilan bog‘landi.
“Bu feyk ma’lumot. Ayrim telegram-kanallar va blogerlar tasdiqlanmagan, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishyapti. Ularga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘ramiz. Bozor odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettiryapti”, deydi bozor direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.
Avvalroq, Sergeli mashina bozorida rekonstruksiya ishlari boshlangani, bozor to‘laligicha Tashkent Indexʼga ko‘chirilishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ammo, bu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Mavzuga oid
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
17:18 / 18.11.2025
O‘zbekiston avtomobil bozorida talab tiklana boshladi
12:14 / 18.11.2025
Sergeli tumanida Salar kanali ustidan yangi ko‘prik quriladi
12:21 / 31.10.2025