Toşkent şahar hokimiyati Qöyliq bozorida quriliş va rekonstruksiya işlari boşlangani sababli tadbirkorlar öz faoliyatini Food city, Tashkent Index va boşqa savdo majmualarida davom ettirişi haqida ma’lum qilgandi. Uşbu holat fonida ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi maşina bozorida ham rekonstruksiya işlari boşlangani, bozor tölaligiça Tashkent Index'ga köçirilişi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş uçun Sergeli bozori (“Iste’molda bölgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MÇJ) ma’muriyati bilan boğlandi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Sergeli maşina bozorining buzilişi va boşqa joyga köçirilişi töğrisida gap-sözlar haqiqatga töğri kelmaydi. Bu masala böyiça yozma yoki oğzaki topşiriq yöq. Bozor odatdagi tartibda öz faoliyatini davom ettiryapti”, deydi bozor direktori örinbosari Rufat Mavlonov.












