Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi 210-maktab direktori ishdan olindi. Endi u bilan Bosh prokuratura shug‘ullanadi
Foto: Facebook
2018 yilning 31 avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot /Dialog s narodom” guruhida Toshkent shahrida joylashgan 210-sonli umumta'lim maktabi hovlisida yuk mashinasi darsliklarni xuddi o‘tinni tashlab ketganday qilib tashlashgani haqida ma'lumot e'lon qilingan edi.
Xalq ta'limi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ushbu holatni o‘rganib chiqdilar va o‘z ishiga mas'uliyatsiz munosabatda bo‘lgan 210-sonli umumta'lim maktab direktori Dilfuza Saidmurodova o‘z lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan birga, Xalq ta'limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga ushbu maktabda o‘tkazilgan ta'mirlash ishlari yuzasidan shikoyatlar ham kelib tushdi.
Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, 210-sonli umumta'lim maktabida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda 56,5 mln. so‘mga yaqin haqiqatda bajarilmagan ish hajmlarini qo‘shib yozilgani, shuningdek, endilikda sobiq maktab rahbari o‘quv muassasasi binosining buzilishidan chiqqan qurilish materiallarini va hududdagi daraxtlarni noqonuniy kesib, sotib yuborganligi holatlari aniqlangan.
Tekshirish natijasida aniqlangan faktlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga qonun doirasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026