Toşkent şahridagi maktablardan birida ota-onalar farzandlari uçun sotib oladigan kitoblarni ötinni taşlab ketganday qilib taşlab ketişdi. Bu haqda Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida ma'lum qilingan.

Fotosuratni qoldirgan foydalanuvçining ma'lum qilişiça, bu voqea poytaxtdagi 210-sonli örta maktabda yuz bergan. Unda darsliklar, turli kitoblarni yuk maşinasidan xuddi ötinni taşlab ketganday qilib taşlaşgan.

«Nahotki şu darajagaça yetib kelgan bölsak?

Mayli direktor yoki öqituvçilarning «aqli» yetmadi va indaşmadi bunga, heç bölmasa haydovçi şofyor akamiz şu narsani qilişga rozi bölmasalar bölardi... 

MA'NAVIYaT... MA'NAVIYaT deb baqirişni bilamiz ommaga çiqib, mana Ma'naviyat qayerdan boşlanadi...

Direktor yoki öqituvçida, maktabda hali rivojlanmagan MA'NAVIYaT, köçada özidan özi paydo bölsinmi?! 

Şerzod Şermatov bu bema'nilik bee'tibor qolib ketmasin ILTIMOS!» - deb yozgan foydalanuvçi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining aksariyati uşbu holatdan darğazab bölişgan.

«Savol, maşinaga qanday yuklaşgan ekan kitoblarni?» - deb yozgan foydalanuvçilardan biri.

«Maktabda ayollar bölsa, yordamlaşadigan mard ERKAKni qayerdan topişadi», - deb yozadi boşqa bir foydalanuvçi.

«Yangiça kutubxonami debman», - deya fikr qoldirgan foydalanuvçilardan biri. 

«Afsus... Ma'naviyatning buyuk çöqqisiga yetib kelibmiz. Nimani xor qilsak şunga zor bölamiz. Bilimga zor bölişimiz bu aniq...», - deydi yana bir foydalanuvçi.