Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni sertifikatlash ixtiyoriy bo‘ladi
Foto: KUN.UZ
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmoni bilan turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini sertifikatlash joriy etiladigan shartlar qayta ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2.12.2017 yildagi PF-4861-son Farmoni 2018 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini majburiy sertifikatlash joriy etilishini nazarda tutgandi.
Birinchidan, bu korxonalarni sertifikatlash joriy etiladigan sana 2018 yil 1 aprelga ko‘chirildi. Xususan, bunday xizmatlarni sertifikatlash qoidalari hali tasdiqlanmagan. Tegishli hujjat loyihasi tayyorlanib, umumiy muhokama uchun joylashtirilgandi.
Ikkinchidan, joriy etilayotgan sertifikatlash tizimi ixtiyoriy bo‘ladi. Binobarin, turistlarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish va transport korxonalarida muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi uchun javobgarlikka tortishmaydi.
Hujjat 6.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:16 / 20.01.2026
Transport xizmatlari hajmi oshdi: asosiy ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi
10:35 / 19.01.2026
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist qaysi mamlakatlardan kelgan?
10:39 / 25.12.2025
Top-10: O‘zbekistonga eng ko‘p turist kelayotgan davlatlar ma’lum qilindi
08:38 / 25.12.2025