Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 441 ming nafarga yoki 33 foizga oşgan.

Hisobot davrida mamlakatga eng köp turist Qirğiziston, Tojikiston va Qozoğistondan kelgan. Xususan, Qirğizistondan 521 ming 138 nafar, Tojikistondan 469 ming 60 nafar, Qozoğistondan 386 ming 284 nafar sayyoh taşrif buyurgan.

Şuningdek, Rossiyadan 123 ming 310 nafar, Afğonistondan 83 ming 613 nafar, Turkmanistondan 51 ming 206 nafar, Xitoydan 49 ming 80 nafar, Turkiyadan 24 ming 212 nafar, Hindistondan 9 ming 438 nafar va Koreya Respublikasidan 5 ming 398 nafar turist Özbekistonga kelgan.

Mazkur raqamlar yil boşidan mamlakatda turizm sohasida ijobiy ösiş sur’atlari saqlanib qolayotganini körsatmoqda.