Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi avlod tadbirkorlari» dasturida 40 ming yoshlar biznesga o‘qitiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotda Harvard, Stenford va London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar ilg‘or tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Shu munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligiga kamida 40 ming yoshni biznesga o‘rgatadigan «Yangi avlod tadbirkorlari» dasturini ishga tushirish topshirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.
Shuningdek, har yili «Yosh tadbirkorlar» tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun «Yoshlar venchurs» jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil qilib, joriy yilda 50 ming nafar yosh tadbirkorga biznes-reja tayyorlashda yordam beradi va bu xarajatlarni qoplab beradi. Bundan tashqari, yirik savdo tarmoqlari vakillari hamda malakali mutaxassislar jalb qilinib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Shu bilan birga, 1 martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq davlat xizmatlari xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
09:43
O‘zbekistonda IT biznes ochgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
13:08 / 23.03.2026
O‘zbekiston Hindiston bilan biznes aloqalarni faollashtirishga kirishdi
10:04 / 21.03.2026