“Dunyo” AA xabar qilişiça, muzokaralar davomida aprel oyida Toşkentda bölib ötadigan Özbekiston va Hindiston örtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Elçi mazkur yiğiliş doirasida Toşkent va Samarqand şaharlarida biznes-forumlar taşkil etişni taklif qildi. Uşbu tadbirlarda ikki mamlakatning yetakçi tadbirkorlari iştirokini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.
Jyoti Vij FICCI tomonidan nufuzli hind biznes-delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etişda kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, aprel oyining birinçi yarmida hind kompaniyalari hamda Özbekistonning manfaatdor vazirlik va tarmoq taşkilotlari iştirokida onlayn uçraşuv ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Ma’lumot uçun, FICCI Hindistonning eng yirik biznes-assotsiatsiyalaridan biri bölib, 250 mingdan ortiq kompaniyani birlaştiradi hamda mamlakat hukumati bilan iqtisodiy siyosat va investitsiya masalalarida yaqin hamkorlik qiladi.












