Jahon | 17:13 / 07.03.2024
16501
9 daqiqa o‘qiladi

Odessada Zelenskiy tashrifi vaqtidagi zarba va Chasiv Yar atrofidagi «ajdaho tishlari». Urush suratlari

Ukrainada urushning 742-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qo‘shini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis tashrifi vaqtida Odessaga raketa zarbasi yo‘lladi. Besh kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi yaralangan.
  • Buyuk Britaniya Kiyevga Rossiya Markazi banki aktivlarini berishga tayyor. Rossiya agar reparatsiya to‘lasa, ularni qaytarib olishi mumkin.
  • Anneksiya qilingan Berdyanskda saylov komissiyasi a’zosining avtomobili portlatildi. Tergov qo‘mitasi terakt haqida jinoiy ish ochgan.
  • RusNews jurnalisti Roman Ivanov armiya to‘g‘risidagi «feyk» to‘g‘risidagi modda bo‘yicha ayblanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.
  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari 42 ta uchuvchisiz uchish apparatlaridan 38 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Kursk oblastida dronlar Mixaylovsk kon-boyitish kombinatiga zarba berdi. Korxona hududidagi yonilg‘i saqlash ombori yonib ketgan.
  • Belgorod va Voronej oblastlari gubernatorlari ham dronlar hujumi to‘g‘risida xabar bergan.
  • Moskvada sud «KraSava» blogi muallifi Yevgeniy Savinni armiyani «obro‘sizlantirish» to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hibsga oldi.
  • Germaniya mudofaa vazirligi nemis ofitserlarining Taurus raketalari haqidagi suhbati Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan yozib olinishiga bir kishining xatosi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
  • Vengriya prezidenti Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qullash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Okkupatsiya ostidagi Luhansk oblasti hayoti

Ukrainaning Luhansk oblastining Rossiya tomonidan anneksiya qilingan qismida 6 mart kuni Kirovsk shahriga ketayotgan avtobus minaga tushib portlab ketdi. «LXR» rahbari Leonid Pasechnik xabar berishicha, avtobusda sakkiz kishi bo‘lgan. Besh kishi, jumladan Kirovsk kommunal xizmatlar kombinatining to‘rt nafar xodimi halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohatlangan.
Rossiya nazorati ostidagi Kirovsk shahar okrugi / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
«LNR»da Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan boshqa hududlari qatori 2022 yil oktyabridan buyon harbiy holat rejimi amal qilmoqda. Shunga qaramay, RF hukumati bu yerda ham 15-17 mart kunlari RF prezidentligi saylovlarini o‘tkazmoqchi.
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA /Vida Press
Saylovlarda Vladimir Putin g‘olib bo‘lishiga shubha yo‘q. Ammo, «Meduza» xabariga ko‘ra, Kreml mart oyidagi saylovlarda haddan tashqari yuqori davomatga erishishni istamoqda — 70–80 foiz. Bunga esa turli yo‘llar bilan, birinchi navbatda hukumatga qaram bo‘lgan elektoratni safarbar qilish hisobiga erishish ko‘zlangan.
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Chasiv Yar yaqinidagi ukrain harbiylari

Chasiv Yar — Donetsk oblastida front chizig‘iga yaqin joylashgan aholi yashash manzillaridan biri. Ukrain qo‘shini ta’minoti ushbu shahar orqali o‘tadi. Chasiv Yar bu yo‘nalishda ilgarilashga harakat qilayotgan Rossiya armiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun frontning ushbu uchastkasida mudofaa chizig‘ini mustahkamlamoqda, jumladan «ajdaho tishlari» deb nom olgan maxsus mudofaa inshootlarini o‘rnatmoqda.

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Narciso Contreras / Anadolu / Getty Images
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Chasiv Yardagi binolardan biridagi g‘arblik ittifoqchilarga chaqiriq yozilgan: «Biz ko‘p narsa so‘ramayapmiz. Bizga faqat artilleriya snaryadlari va aviatsiya kerak. Qolganini o‘zimiz qilamiz. Ukraina qurolli kuchlari»
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Konstantinovkadagi uyda portlamay qolgan bomba

Konstantinovka — Donetsk oblastidagi muntazam ravishda Rossiya qo‘shini zarbalari ostida qolayotgan shahar. 4 mart kuni hududga navbatdagi zarbalardan keyin xususiy uylardan birining hovlisida portlamay qolgan aviabomba topildi. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilingan, 6 mart kuni sapyorlar bombani chiqarib olishgan va uni zararsizlantirgan.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images

Volodimir Zelenskiyning Odessaga tashrifi

Rossiya qo‘shini 6 mart kuni Odessa bo‘ylab zarba yo‘lladi, bu vaqtda shaharda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis uchrashuv o‘tkazayotgandi. SNN ma’lumotiga ko‘ra, rossiyaliklar raketasi prezident kortejidan 500 metr masofada portlagan, greklarning «Proto Tema» gazetasi portlash 150 metr masofada ro‘y berganini yozgan. «Ozodlik radiosi» jurnalisti Mark Krutov esa raketa Zelenskiy va Mitsotakis turgan joydan uch kilometr uzoqlikka tushganini ma’lum qilgan. Gretsiya bosh vaziri Zelenskiy bilan birgalikdagi matbuot anjumanida ro‘y bergan hodisani «juda yorqin tajriba» deb atadi. «Urush haqida gazetada o‘qish va uni o‘z quloqlaring bilan his qilish — turli narsalar», — degan Mitsotakis.

Volodimir Zelenskiy va Odessa aholisi vakillari
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Kiriakos Mitsotakis va Volodimir Zelenskiy Odessadagi matbuot anjumanida
Nina Liashonok / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlari Avdiyivka atrofida kamikadze dronlar qo‘llamoqda

Rossiya-Ukraina urushi — keng ko‘lamli qurolli mojarolar tarixida ikki tomon ham dronlarni ommaviy qo‘llayotgan birinchi urush bo‘ldi. Ukrainalik harbiylar ham, rossiyaliklar ham turli jangovar vazifalarni bajarish uchun turlicha dronlardan foydalanmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shini harakatini to‘xtatish uchun Avdiyivka atrofida boshqalari qatori FPV-dronlarni ham (operatorlarga «birinchi shaxsdan ko‘rinish»ni uzatadi) qo‘llamoqda. Bunday dron bir necha kilogrammgacha portlovchi moddalarni olib yurishi mumkin.

Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi ta’mirlash ustaxonasi

Harbiy ekspertlar ham FPV-dronlar ommaviy qo‘llanishini so‘nggi oylarda Ukrainadagi harbiy harakatlarning qanday kechishini belgilab beruvchi omillardan biri sifatida keltirayotgan bo‘lsa-da, ikki tomon ham boshqa turdagi qurollarni ham faollik bilan qo‘llamoqda. Hamon G‘arbdagi ittifoqchilarning Ukrainaga harbiy yordam paketida zirhli texnikalar bor, ammo yetarli miqdorda emas. Ukraina qurolli kuchlari sovetlar davrida ishlab chiqarilgan texnikalar, masalan, BMP-2, shuningdek Rossiya armiyasidan o‘lja qilib olingan harbiy mashinalardan foydalanmoqda. Jang maydonida shikastlangan zirhli texnikalar ta’mirlanmoqda va yana frontga yuborilmoqda.

Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press

Mavzuga oid