Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: 2021 yil O‘zbekistonda umumiy sig‘imi 43 mingdan ortiq bo‘lgan 13ta markaziy masjid ochiladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi ma'lum qilishicha, respublikada so‘nggi uch yilda 256ta masjid qaytadan qurilib, 308tasi kapital ta'mirlandi.
Qayd etilishicha, ayni paytda 218ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda. Ularning bir qismi shu yili bitkazilib, mo‘min-musulmonlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Musulmonlar idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda quyidagi markaziy masjidlar foydalanishga topshiriladi.
1. "Xonobod" masjidi

Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron shahri
Sig‘imi: 4000 kishi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirilish vaqti: 2021 yil avgust oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.
2. "Akbarali ota" masjidi

Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani
Sig‘imi: 1500 kishi
Me'moriy uslubi: sakkiz burchak
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh
3. "Xoji Abdulloh al Ansoriy" masjidi

Manzil: Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani
Sig‘imi: 2000 kishi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil dekabr oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: uch tomonlama kirish yo‘li, keng avtoturargoh
4. "Qorashbuva" masjidi

Manzil: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani
Sig‘imi: 1500 kishi
Me'moriy uslubi: Yangi klassika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil sentabr oyi
5. "O‘tovli Eshon" masjidi

Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani
Sig‘imi: 250 kishi
Me'moriy uslubi: an'anaviy-tarixiy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil may oyi (Ramazon hayiti)
6. "Devonaboy" masjidi

Manzil: Andijon viloyati Andijon shahri
Sig‘imi: 15000 kishi
Me'moriy uslubi: an'anaviy-tarixiy
Foydalanishga topshirish muddati: 2021 yil Aprel (Ramazon) oyi
7. "Abdulhamid qori" masjidi

Manzil: Andijon viloyati viloyati Xonobod shahri
Sig‘imi: 3000 kishi
Me'moriy uslubi: an'anaviy-milliy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil sentabr oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: ayollar uchun tahoratxona va namozxona
8. "Sarimozor" masjidi

Manzili: Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Sig‘imi: 5000 kishi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil avgust oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, oshxona, ayollar uchun tahoratxona va namozxona
9. "Qilichbek Qo‘rg‘oncha" masjidi

Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
Sig‘imi: 1800 kishi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil dekabr oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, kitob do‘koni.
10. "Boymoqli" masjidi

Manzil: Jizzax viloyati Zomin tumani
Sig‘imi: 860 kishi
Me'moriy uslubi: Sakkiz burchak
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil avgust oyi.
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, kutubxona, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona.
11. "Dilkusho" masjidi

Manzil: Buxoro viloyati Buxoro shahri
Sig‘imi: 2000 kishi
Me'moriy uslubi: tarixiy-an'anaviy
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil mart oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: Yirik kutubxona, 2 kishilik dam olish xonasi (mehmonxona), ayollar uchun namozxona
12. "Siroj solih" masjidi

Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani
Sig‘imi: 4000 kishi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun videostudiya
13. "Kulol qo‘rg‘on" masjidi

Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani
Sig‘imi: 3500 kishi
Me'moriy uslubi: Eklektika
Foydalanishga topshirish vaqti: 2021 yil aprel (Ramazon) oyi
Qo‘shimcha imkoniyatlari: sartaroshxona, 30-35 sig‘imli ichki avtoturargoh (“parkovka”), kitob do‘koni, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

“Ta'kidlash kerakki, bu ishlar saxovatpesha insonlar, mehnatsevar xalqimizning hashari bilan bo‘lmoqda. Muxlis elimiz qayerdaki masjid qurilishi haqida darak topsa, “Allohning uyini obod etishga men ham hissamni qo‘shsam”, degan ilinjda baholiqudrat xizmatga bel bog‘lamoqdalar, ijtimoiy tarmoqlarda dalolat qilmoqdalar. Sizchi, aziz vatandosh, chetda qolib ketmadingizmi? Bordi-yu shunday bo‘lsa, imkoniyat bor, fursat bor. Kimnidir emas, olamlar Robbisining xizmatiga sizni taklif etamiz,” – deyiladi idora xabarida.
Mavzuga oid
17:10 / 08.01.2026
2025 yil O‘zbekistonda 3 ta masjid va 1 ta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi
17:15 / 08.11.2025
Indoneziyadagi masjidda portlash: 55 kishi jarohatlandi. Gumondor 17 yoshli o‘quvchi
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025