Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ismoil Muhammad Sodiq musulmonlar idorasiga maslahatchi etib tayinlandi
Foto: muslim.uz
Shayx Muhammad Codiq Muhammad Yusuf rahimahullohning farzandi Ismoil Muhammad Sodiq O‘zbekiston musulmonlari idorasida maslahatchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ismoil Muhammad Sodiq 1976 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1994 yil «Islomiy da'vat kulliyasi»ga o‘qishga kirdi. To‘rt yil bakalavr bosqichida, so‘ng ikki yil magistraturada o‘qib, 2001 yili ushbu kulliyani tamomladi. Shundan so‘ng, elchixonalarda, diniy ta'lim muassasalarida, nashr ishlarida, sayt xizmatlarida va ta'lim markazlarida faoliyat olib bordi. Hozirda Ismoil Muhammad Yusuf «Hilol nashr» matbaa nashriyoti rahbari hisoblanadi.
Ismoil Muhammad Sodiqning mazkur faoliyatlardan tashqari ilmiy salohiyati ham yuqori. U kishi rasmiy ilm dargohlaridan tashqari o‘z otalari Shayx hazratlaridan ham ko‘p ta'lim olgan. Xususan, «Tafsiri Nasafiy» va «Sahihi Buxoriy»dan ijoza olgan. «Oltin Silsila»ning tarjimonlaridan biri. Shayx hazratlarining barcha kitoblarining noshiri hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
16:09 / 03.05.2025
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
20:00 / 28.12.2024