«Saudiya Arabistonida hilol körilgani aytilgan bölsa-da, köplab davlatlarda u körinmagan. Bunday vaziyatda biz qaysi qarorga amal qilişimiz kerak?» deyiladi diniy soha mutaxassislariga yuborilgan savolda.
Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi savolga quyidagiça javob berdi:
«Hilol (yangi oy) yerning barça nuqtalarida bir xil vaqtda körinmaydi. Hilolning körinişi, Quyoş bilan bir çiziqqa kelgandan keyin undan qança uzoqlaşgani, ufqdagi balandligi va havo şaroitiga boğliq. Hilol eng köp Şimoliy Amerika taraflarda köriniş ehtimoliga ega, eng kam ehtimol esa Yer şarining şarqiy qismida.
Şuning uçun aksar mamlakatlarda 17 fevral keçasi hilol körinmadi va Şa’bon 30 kunga töldirilişi töğri böldi. Saudiyaning “hilol körindi”, degan xabariga binoan u yerda va unga ergaşgan ayrim mamlakatlarda Ramazon erta boşlandi.
Bunday vaziyatda eng töğri yöl — har bir yurt öz muftiysining fatvosiga amal qilişidir. Odamlar özaro tortişuvni qöyib, öz yurtida qabul qilingan qarorga birlaşsa, doim yaxşilik ustida böladi», deyiladi Fatvo markazining javobida.
Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistoni Oliy sudi seşanba kuni – 18 fevralni Ramazon oyining birinçi kuni, deb e’lon qildi va öşa keçadan tarovih namozlarini boşladi. Bu jamoatçilikda savollar paydo qildi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi esa 17 fevral kuni Ramazon hiloli körinmagani bois, Özbekistonda Ramazon oyining birinçi kuni — 19 fevralga töğri kelişi haqida qaror qabul qilinganini bildirdi.
Bundan taşqari, Markaziy va Şarqiy Osiyo davlatlari, Yevropadagi köplab musulmon jamoalari ham 19 fevralni Ramazon oyining ilk kuni sifatida e’lon qildi.

















